
O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze hozirda Abu-Dabi shahrida bo‘lib turibdi. U jamoamiz uchun hayot-mamat darajasida ahamiyatga ega bo‘lgan bahs o‘tkaziladigan "Al Nahayyon" stadionida inspeksiya ishlarini amalga oshirdi.
Maydon tekshirildi, tayyorgarlik boshlandi
Tarkibdagi mutaxassislar bilan birgalikda Kapadze stadion gazoni, umumiy infratuzilma, tayanch nuqtalar hamda shart-sharoitlarni sinchkovlik bilan o‘rgandi. Ushbu tashrif orqali terma jamoamizning 5 iyun kuni BAAga qarshi bahsi oldidan barcha jihatda tayyorgarligi ta’minlanmoqda.

O‘yin joyi: Al Nahyan Stadium, Abu-Dabi
Vaqti: 5 iyun, 21:00 (Toshkent vaqti)
Jahon chempionatiga yo‘llanma masalasi hal bo‘ladi
Ushbu bellashuv O‘zbekiston milliy jamoasi uchun tarixiy ahamiyatga ega. Chunki aynan shu bahs natijasida jamoamiz Jahon chempionatiga chiqish yo‘llanmasini rasman qo‘lga kiritish imkoniga ega bo‘ladi.
Eng muhimi — bizga durang ham yetarli. Ammo yigitlar g‘alaba uchun maydonga tushishi shubhasiz.
Siz nima deb o‘ylaysiz — terma jamoamiz bu imkoniyatdan foydalanadimi? Bizni Jahon chempionatida ko‘rish vaqti kelmadimi?
Timur Kapadze O‘zbekiston terma jamoasi BAA Jahon chempionati Al Nahayyon stadioni Inspeksiya Futbol Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar