date
views 491

Shayxlar «Barselona»ning to‘rt yulduzini transfer qilmoqchi: ular orasida kimlar bor?

Shayxlar «Barselona»ning to‘rt yulduzini transfer qilmoqchi: ular orasida kimlar bor?
Saudiya Arabistonining boy klublari yangi mavsum oldidan Yevropa futboli yulduzlarini o‘z chempionatiga jalb etish rejalarini kengaytirmoqda. Ushbu yo‘nalishda ularning e’tibori «Barselona»ning to‘rt nafar taniqli futbolchisiga tushdi.

Sport.es nashrining tarqatgan ma’lumotiga ko‘ra, «Al-Hilol», «Al-Ittihod» va Krishtianu Ronaldu harakat qilayotgan «An-Nasr» klublari rahbarlari, kataloniyaliklar rahbariyati bilan futbolchilarning transferi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazgan.

Qayd etilishicha, «Al-Hilol» jamoasi ayni damda «Barselona»ning asosiy figuralaridan biriga aylangan braziliyalik hujumchi Rafinyani o‘z safida ko‘rishni xohlamoqda. O‘z navbatida Rafinya va «Barselona» rahbariyati yangi shartnoma bo‘yicha suhbatlashmoqda, ammo maosh va shartnoma muddati masalasida bir qarorga kela olishmay turibdi. Saudiya klubi ana shu vaziyatdan foydalanib, yulduz o‘yinchi uchun yaxshi sharoitlar taqdim etmoqchi.

«Al-Ittihod» esa niderlandiyalik yarim himoyachi Frenki de Yongni o‘z tarkibiga qo‘shishga harakat qilmoqda. «Barsa»ning eng ko‘p maosh oladigan futbolchilaridan biri bo‘lgan de Yong ham ayni vaqtda klub bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralar olib boryapti va Saudiya jamoasi unga yanada jozibali taklif tayyorlagan.

Krishtianu Ronaldu boshchiligidagi «An-Nasr» klubi esa «Barselona»ning himoya chizig‘idagi ikki muhim futbolchi – Jyul Kunde va Ronald Arauxoni o‘z safiga olib kelish istagida. Bu ikki himoyachi «Barsa»ning orqa chizig‘ida ishonchli o‘yin ko‘rsatib, ko‘plab jamoalar e’tiboriga tushgandi.

Kataloniyaliklar tomonidan hozircha bu transferlar borasida aniq javob berilganicha yo‘q. Ammo transfer muzokaralari tobora qizg‘inlashib borayotganini hisobga olsak, yaqin vaqtlarda bu masala bo‘yicha yangi ma’lumotlar paydo bo‘lishi kutilmoqda.

Saudiya Arabistoni klublarining bu kabi yirik transfer amaliyotlari Yevropadagi yirik klublar uchun jiddiy sinovga aylanmoqda. Bu voqealar futbol muxlislari e’tiborida bo‘lib turibdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shayxlar «Barselona»ning to‘rt yulduzini transfer qilmoqchi: ular orasida kimlar bor?