
Bugun tun futbol muxlislarini Yevropaning eng mashhur derbilaridan biri — «El-Klasiko» kutmoqda. Ispaniya Kubogi finalida azaliy raqiblar «Barselona» hamda «Real Madrid» jamoalari o‘zaro kurash olib boradi. Mazkur tarixiy uchrashuv Ispaniya vaqti bilan kechki 22:00 da, Toshkent vaqti bilan esa tunda soat 01:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.
Ushbu nufuzli bahs oldidan bir nechta sport nashrlari jamoalarning maydonga tushishi mumkin bo‘lgan taxminiy tarkiblarini e’lon qildi. Quyida mashhur manbalar tomonidan taxmin qilingan tarkiblar bilan tanishishingiz mumkin.
«SportsMole» nashri taxminiga ko‘ra, jamoalarning boshlang‘ich tarkibi quyidagicha bo‘ladi:
- «Barselona»: Shensni, Kunde, Kubarsi, Martinez, Martin, De Yong, Pedri, Yamal, Fermin, Rafinya, Torres.
- «Real Madrid»: Kurtua, Vaskes, Asensio, Ryudiger, Garsiya, Tchuameni, Valverde, Rodrigo, Bellingem, Vinisius, Mbappe.
«90Min» nashri esa biroz farqli tarkib bilan taxmin qilgan:
- «Barselona»: Shensni, Kunde, Kubarsi, Martines, Fort, De Yong, Pedri, Yamal, Olmo, Rafinya, Torres.
- «Real Madrid»: Kurtua, Valverde, Asensio, Ryudiger, Mendi, Modrich, Tchuameni, Rodrigo, Bellingem, Vinisius, Mbappe.
«GOAL» nashrining taxminiy tarkibi esa quyidagicha:
- «Barselona»: Shensni, Kunde, Martines, Kubarsi, Martin, De Yong, Pedri, Yamal, Olmo, Rafinya, Torres.
- «Real Madrid»: Kurtua, Valverde, Asensio, Ryudiger, Mendi, Sebalos, Tchuameni, Rodrigo, Bellingem, Vinisius, Mbappe.
Har uch manbaga ko‘ra, jamoalarning asosiy yetakchilari bugungi bahsda maydonga tushishi kutilayapti. Ayniqsa, «Real Madrid»ning yulduzli hujumchisi Kilian Mbappe hamda Vinisius Juniorning o‘yini muxlislarning asosiy e’tiborida bo‘ladi.
«Barselona» tomonida esa Pedri, De Yong va Ferran Torres kabi o‘yinchilar bugun jamoaning asosiy umidi sifatida maydonga tushadi.
Har qanday holatda ham bugungi «El-Klasiko» futbol olamining diqqat markazida bo‘lishi aniq. Bugungi tunda Ispaniya Kubogi finalida «Barselona» va «Real Madrid» qaysi tarkib bilan maydonga tushishini va kim g‘alaba qozonishini faqatgina vaqt ko‘rsatadi! “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar