
Germaniyaning «Bayer» klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso yaqin orada «Real Madrid» ustozi sifatida faoliyatini boshlashi mumkin. Bu haqda mashhur italiyalik insayder Nikolo Skira o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, ispaniyalik 42 yoshli mutaxassis «qaymoqranglilar» bilan kelishuvga erishgan va shartnoma imzolash uchun barcha tayyorgarliklar yakunlanmoqda. Ayni vaqtda «Real»ning amaldagi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti esa klubni tark etib, Braziliya milliy terma jamoasini boshqarishi mumkinligi aytilmoqda.
Xabi Alonso 2022 yilning kuzidan beri Leverkuzenning «Bayer» klubini muvaffaqiyatli boshqarib kelmoqda. Uning rahbarligida jamoa o‘tgan mavsum Germaniya Bundesligasida chempionlikni qo‘lga kiritib, mamlakat kubogida ham g‘alaba qozondi. Bundan tashqari, Yevropa Ligasi finaligacha yetib bordi. Ammo hal qiluvchi bahsda Italiyaning «Atalanta» klubiga 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Futbolchilik faoliyatida ham «Real»da porlagan Alonso uchun madridliklar klubi begona emas. U bu klub bilan ko‘plab sovrinlarga ega chiqqan. Endi esa o‘zining yangi bosqichini bosh murabbiy sifatida aynan ushbu klubda boshlashi mumkin. Bu haqda tez orada klubning rasmiy xabar berishi kutilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar