date
views 100

“Bayer” Xabi Alonsoga o‘rinbosar qidirmoqda: short-listdagi nomlar maʼlum bo‘ldi

“Bayer” Xabi Alonsoga o‘rinbosar qidirmoqda: short-listdagi nomlar maʼlum bo‘ldi
Madridning “Real” klubi Xabi Alonsoni yangi mavsumda jamoaga bosh murabbiy sifatida taklif qilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalishi ortidan “Bayer” rahbariyati ehtimoliy o‘zgarishlarga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Insayder Nikolo Skiraning maʼlum qilishicha, Leverkuzen klubi Xabi Alonso o‘rniga bir necha nomzodlarni ko‘rib chiqmoqda va ular orasida Fransesk Fabregas, Imanol Alguasil hamda Erik ten Hag bor.

37 yoshli Fabregas joriy mavsumda Italiyaning A Seriyasida qatnashyotgan “Komo” jamoasini boshqarib kelmoqda. U jamoa boshqaruvini 2024 yilning yozida qabul qilgan bo‘lib, ayni paytda uning klubi A Seriyada 34 o‘yinda 11-o‘rinni egallab turibdi. Ushbu natija yangi ko‘tarilgan jamoa uchun ajoyib deb baholanmoqda.

Ikkinchi nomzod sifatida Ispaniyaning "Real Sosyedad" klubida 2018 yil dekabridan beri faoliyat ko‘rsatib kelayotgan Imanol Alguasil ko‘rsatilgan. 53 yoshli tajribali mutaxassis mavsum yakunida jamoasini tark etish niyati borligini avvalroq maʼlum qilgan edi. Hozirda "Real Sosyedad" La Ligada 33 ta o‘yinda ishtirok etib, turnir jadvalida 10-o‘rinda bormoqda.

Uchinchi ehtimoliy nomzod esa futbol muxlislariga yaxshi tanish bo‘lgan Erik ten Hagdir. 54 yoshli gollandiyalik murabbiy o‘tgan yilning oktyabr oyidan beri ishsiz yuribdi. U oxirgi marta Angliyaning "Manchester Yunayted" jamoasini boshqargan edi, ammo muvaffaqiyatsiz natijalar tufayli klub rahbariyati uni vazifasidan ozod qilgandi.

Maʼlum bo‘lishicha, “Bayer” rahbariyati ushbu uch nomzodni short-listga kiritgan va jamoani kuchli darajaga olib chiqish uchun ularning tajribasi va o‘yin uslubini har tomonlama tahlil qilmoqda. Hozircha Xabi Alonso “Real” bilan rasmiy kelishuvga erishmagan bo‘lsa-da, leverkuzenliklar har qanday vaziyatga tayyor turishni xohlashmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Bayer” Xabi Alonsoga o‘rinbosar qidirmoqda: short-listdagi nomlar maʼlum bo‘ldi