
Superliganing 10-turidan o‘rin olgan "Buxoro" - "Dinamo" bellashuvi yakuniga yetdi. "JAR" stadionida kechgan mazkur bahsda jamoalar durangga imzo chekdi - 2:2.
Dastlab, 34-daqiqada Anvarjon Hojimirzayev mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘limning 65-daqiqasida mezbonlar futbolchisi Shahboz Jo‘rabekov uzoq masofadan to‘pni darvozaaga joylab qo‘ydi va kuchlarni tenglashtirdi. Frane Ikichning 74-daqiqadagi goli "Buxoro"ni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 87-daqiqada Xislat Halilovning oradagi farqni yo‘qqa chiqardi.
Shu tariqa, jamoalar bir ochkodan bo‘lishib oldi.
"Buxoro" – "Dinamo" 2:2
Gollar: Shahboz Jo‘rabekov 65', Frane Ikich 74' – Anvar Hojimirzayev (Oybek O‘rmonjonov) 34', Xislat Xalilov 87'
"Buxoro": 21.Otabek Boymurodov, 2.Izzatillo Po‘latov, 5.Sardor Qulmatov, 6.Ravshan Xayrullayev (94.Frane Ikich, 64), 7.Muhammadsafo Fozilov (97.Shahboz Jo‘rabekov, 36), 10.Shohruz Norxonov (14.Mahmud Jo‘raboyev, 90), 17.Javohir Ro‘ziyev (8.Anvar Jo‘rayev, 90), 19.Bilol Tupliyev (77.Asilbek Qayumov, 64), 25.Frane Chiryak, 27.Muhammad Yo‘ldoshev, 93.Marko Kolakovich.
Zaxira: 1.Shirinboy Abdullayev, 4.Javohir O‘tamurodov, 9.Husayn Ergashboyev, 23.Azamat Shomurodov.
"Dinamo": 13.Ravshanbek Yagudin, 6.Jahongir O‘rozov, 7.Ratino, 9.Mirjahon Mirahmadov (37.Firdavs Abdurahmonov, 65), 10.Anvar Hojimirzayev, 16.Richard Fraydey (5.Duglas Maykon, 65), 17.Salim Mustafoyev (8.Sanjar Qodirqulov, 77), 18.Oleksandr Kucherenko, 22.Ulug‘bek Abdullayev, 25.Oybek O‘rmonjonov, 88.Marko Stanoyevich (11.Xislat Xalilov, 77).
Zaxira: 27.Edem Nemanov, 14.Bahodir Nasimov, 15.Maqsudxo‘ja A’loxo‘jayev, 24.Muhsin Bozorov.
Ogohlantirish: Frane Ikich (86).
BuxoroDinamoSuperligaGollarAnvar HojimirzayevShahboz Jo‘rabekovFrane IkichXislat XalilovJamoalar O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar