
O‘zbekiston chempionatining 11-turida «Navbahor» vodiy derbisida «Qo‘qon-1912» darvozasiga javobsiz 3 ta gol urdi. Mezbonlardan Ruslan Jiyanov gol va assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Mehmonlar ham gol urishlari mumkin edi, ammo Jasur Xolto‘rayev penaltidan foydalana olmadi.
Qatorasiga uchinchi g‘alabasiga erishgan Namangan klubi ochkolarini 20 taga yetkazib, 3-o‘ringa chiqib oldi. «Qo‘qon-1912» esa ketma-ket uchinchi mag‘lubiyatdan keyin 12 ochko bilan 11-pog‘onaga tushdi.
“Navbahor” — “Qo‘qon-1912” 3:0
Gollar: Igor Gabriyel (Ruslan Jiyanov) 21, 1:0, Abbosjon G‘ulomov (Alisher Odilov) 22, 2:0, Ruslanbek Jiyanov (penalti) 48, 3:0
"Navbahor": 16. Shukron Yo‘ldoshev, 7. Azim Ahmedov ( 55. Komiljon Tojiddinov, 80), 12. Saidazamat Mirsaidov, 33. Sergey Karpovich, 36. Gilerme Gedesh, 99. Igor Gabriyel, 17. Ruslanbek Jiyanov, 70. Abbos G‘ulomov (8. Shohmalik Komilov,73), 37. Alisher Odilov (71. Navro‘zbek Iminjonov, 69), 13. Benjemin Teydi, 9. Zabihillo O‘rinboyev (29. Pedro Augusto, 80).
Zaxira: 1. Umidjon Ergashev, 19. Mirzohid G‘ofurov,4. Shahzod Toirov, 10. Shahzodbek Ubaydullayev, 11. Po‘latxo‘ja Xoldorxonov.
"Qo‘qon-1912": 13. Azizxon Isaqov, 44. Andro Giorgadze, 5. Jasurbek Yoqubov (69. Yegor Kondratyuk,25) (10. Husniddin G‘ofurov, 82), Alisher Salimov, 8. Javohir Husanov, 20. Iqboljon Malikjonov, 7. Shota Gvazava, 22. Muhammdanas Hasanov, 19. Shahzod Akramov (18. Bahrom Abdurahimov,82), 8. Baxtiyorjon Qosimov, 11. Shahzod Beshimov ( 14. Jasur Xolto‘rayev, 55).
Zaxira: 1. Rustam Nartajiyev, 30. Ibrohimjon Muhtorov, 15. Zafar Hakimov, 23. Bekjon Jo‘raboyev, 17. Alisher Xayrullayev.
Ogohlantirish: Javohir Husanov ("Qo‘qon-1912") 31, Muhammadanas Hasanov ("Qo‘qon-1912") 45, Azim Ahmedov ("Navbahor") 45, Alisher Odilov ("Navbahor") 64, Andro Giorgadze ("Qo‘qon-1912) 74.
Amalga oshirilmagan penalti: Jasur Xolto‘rayev ("Qo‘qon-1912"), 68 (darvoza ustuni) “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar