Olariu muxlislarni BAA – O‘zbekiston uchrashiuviga chorladi

1 daqiqa o'qish1.1K
Olariu muxlislarni BAA – O‘zbekiston uchrashiuviga chorladi
Jahon chempionati 3-saralash bosqichi doirasidagi hal qiluvchi bahslar arafasida Birlashgan Arab Amirliklari terma jamoasi bosh murabbiyi Kosmin Olariu muxlislarga murojaat bilan chiqdi. 5 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan BAA – O‘zbekiston bellashuvi oldidan rumin mutaxassis yurtdoshlarini milliy jamoaga kuchli qo‘llab-quvvatlash bilan yordam berishga chaqirdi.

"Amirliklar uchun juda muhim kun yaqinlashmoqda. Bu nafaqat futbol, balki milliy g‘urur va yurt sharafini himoya qilish kechasidir. Barchangizni stadionga taklif qilaman — kelinglar, jamoamizni qo‘llab-quvvatlaylik! Inshaalloh, bu hal qiluvchi o‘yinda g‘alabaga erishamiz", — dedi 55 yoshli murabbiy mahalliy OAV orqali.

Mazkur o‘yin BAA terma jamoasi uchun jahon chempionati yo‘lidagi muhim sinovlardan biri sanaladi. Raqib — oxirgi yillarda katta salohiyat va barqaror o‘yini bilan tanilayotgan O‘zbekiston terma jamoasi. Ikki jamoa o‘rtasidagi to‘qnashuv nafaqat Osiyodagi kuchlar nisbatini belgilab beradi, balki guruhdan chiqish masalasiga ham ta’sir ko‘rsatadi.

BAA futbol jamoatchiligi va muxlislar orasida katta qiziqish uyg‘otgan ushbu uchrashuvda tribunalardagi muhit muhim rol o‘ynaydi. Kosmin Olariuning fikricha, muxlislar nafaqat jamoani ruhlantirishi, balki o‘yin taqdiriga ta’sir qilish salohiyatiga ham ega.

Eslatib o‘tamiz, BAA – O‘zbekiston uchrashuvi 5 iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Har ikki jamoa uchun ham bu bellashuv hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Kim kuchli — ushbu murakkab raqobatda maydon ko‘rsatadi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?