date
views 71

Bernardu Silvaga Saudiyadan yirik taklif: “Al-Hilol”da yangi yulduz porlaydimi?

Bernardu Silvaga Saudiyadan yirik taklif: “Al-Hilol”da yangi yulduz porlaydimi?
"Manchester Siti" klubining tajribali portugaliyalik yarim himoyachisi Bernardu Silva yaqin vaqt ichida yangi sahifani ochishi mumkin. Yevropaning eng kuchli jamoalaridan biri hisoblangan “shaharliklar” safida yillar davomida yuqori darajada to‘p surgan Silva endilikda Saudiya Arabistoniga yo‘l olishi mumkinligi haqida jiddiy xabalar paydo bo‘lmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Saudiyaning yetakchi klublaridan biri – "Al-Hilol" futbolchiga jiddiy qiziqish bildirgan. Fransiyaning “Footmercato” nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, saudiyaliklar so‘nggi bir necha oydan buyon Bernardu Silvani diqqat bilan kuzatib kelmoqda. Ular uni jamoaning markaziy figuralaridan biriga aylantirishni niyat qilgan.

Ayni paytda "Manchester Siti" klubi jamoa tarkibini yoshartirish strategiyasini amalga oshirmoqda. Bu esa Bernardu kabi tajribali futbolchilarning ketishi ehtimolini oshirmoqda. Silvaning klub bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 38 million yevro atrofida baholamoqda.

Silva “Siti” tarkibiga 2017 yilning yozida “Monako” klubidan qo‘shilgan va shu kungacha jamoa bilan bir qancha titullarni qo‘lga kiritgan. 2023/2024 yilgi mavsumda u jamoa safida 49 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol va 4 ta assist muallifi bo‘lgan.

Shuningdek, Saudiyaning boshqa yetakchi klublari ham transfer bozorida faol. Jumladan, “Milan”ning himoyachisi Teo Ernandes, “Napoli”ning to‘purari Viktor Osimxen va Portugaliya afsonaviy yulduzi Krishtianu Ronaldu ham Saudiya klublari radaridan tushmayotgani haqida mish-mishlar avj olgan.

Agar “Al-Hilol” Bernardu Silva transferini amalga oshira olsa, Saudiya chempionati yana bir yo‘lboshchi yulduzga ega bo‘ladi. Yevropa maydonlarida sinovdan o‘tgan mahorat egasining Osiyodagi faoliyati esa yangi qiziqish va intriga uyg‘otishi aniq.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bernardu Silvaga Saudiyadan yirik taklif: “Al-Hilol”da yangi yulduz porlaydimi?