date
views 538

Superliga. "Andijon"da durang, "Mash’al" esa "Qo‘qon-1912"ni yirik hisobda mag‘lub etdi

Superliga. "Andijon"da durang, "Mash’al" esa "Qo‘qon-1912"ni yirik hisobda mag‘lub etdi
Superliganing 12-turidan o‘rin olgan "Buxoro" - "Andijon" va "Qo‘qon" - "Mash’al" klublari o‘rtasidagi bellashuvlar o‘z nihoyasiga yetdi.

Maksim Shaykix boshchiligidagi "Andijon" 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi. Uchrashuvning 58-daqiqasida Bektemir Abdumannonov hisobni ochgan bo‘lsa, oradan 8 daqiqa o‘tib, Shahboz Jo‘rabekov hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi.

“Buxoro” — “Andijon” 1:1
Gollar
: Bektemir Abdumannonov (Rustam Turdimurodov) 58, 0:1, Shohboz Jo‘rabekov 68, 1:1

"Buxoro": 1. Shirinboy Abdullayev, 2. Izzatillo Po‘latov, 5. Sardor Qulmatov, 6. Ravshan Xayrullayev (17. Javohir Ro‘ziyev, 86), 10. Shohro‘z Norxonov (19. Bilol To‘pliyev, 46), 25. Frane Chiryak, 27. Muhammad Yuldashev, 88. Dominik Begich ( 14. Maxmud Jo‘raboyev, 90+2), 93. Marko Kolakovich, 95. Frane Ikich ( 77. Asilbek Qayumov, 64), 97. Shohboz Jo‘rabekov.
Zaxira: 21. Otabek Boymurodov, 4. Javohir O‘tamurodov, 8. Anvarjon Jo‘rayev, 23. Azamat Shomurodov, 33. Iosip Tomashevich.

"Andijon": 25. Valijon Rahimov, 2. Abubakir Ashurov, 4. Islom Mamatkazin, 6. Altin Kreziu (18. Damir Temirov, 46) 10. Ilhomjon Abdug‘aniyev, 13. Sardorbek Azimov, 14. Abdurahmon Komilov (7. Rustam Turdimurodov, 46), 22. Usmonali Ismonaliyev, 23. Doniyor Abdumannopov, 26. Muhammadkarim Toirov, 71. Bektemir Abdumannonov.
Zaxira: 12. Mohirbek Komilov, 8. Iskandar Shayqulov, 20. Sirojiddin Solijonov, 21. Asadbek Xabibullayev, 28. Bekzod Sulaymonov, 55. Miraziz Maxamadaliyev, 88. Shoxjahon Yorqinboyev.

Ogohlantirish: Altin Kreziu ("Andijon") 29

Asror Aliqulovning "Mash’al"i esa "Qo‘qon" darvozasiga naqd 4 ta gol urib, yirik hisobda muvaffaqiyatga erishdi. To‘qnashuvning 1-daqiqasidayoq Humoyun Murtazoyev hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limning 65-daqiqasida esa Nurjahon Muzaffarov oradagi farqni 2 taga yetkazib qo‘ydi. 76-daqiqaga kelib esa Humoyun Murtazoyev dublni rasmiylashtirdi. Shu bilan birga, oradan 2 daqiqa o‘tib, Islombek Baratov ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.

"Qo‘qon-1912" – "Mash’al" 0:4
Gollar
: Humoyun Murtozayev 1, - 0:1. Nurjahon Muzaffarov 65, - 0:2 (Samandar Ochilov). Humoyun Murtozayev 76, - 0:3 (Islombek Baratov). Islombek Baratov 78, - 0:4.

"Qo‘qon-1912": 13.Azizxon Isaqov, 6.Alisher Salimov, 7.Shota Gvazava (18.Bahrom Abdurahimov, 68), 8.Baxtiyorjon Qosimov, 9.Javohir Husanov, 10.Husniddin G‘ofurov (17.Alisher Xayrullayev, 81), 11.Shahzod Beshimov (69.Yegor Kondratyuk, 60), 14.Jasur Xolto‘rayev (30.Ibrohimjon Muxtorov, 81), 19.Shahzod Akramov, 20.Iqbol Malikjonov, 22.Muhammadanas Hasanov (23.Bekjon Jo‘raboyev, 81).
Zaxira: 1.Rustam Nortojiyev, 2.Mirziyod Mirodilov, 4.Asliddin Toshtemirov, 15.Zafar Hakimov.

"Mash’al": 1.Umidjon Hamroyev, 2.Mudasiru Salifu, 5.Samandar Ochilov, 7.Islombek Baratov (24.Avazxon Mamatxo‘jayev, 82), 10.Humoyun Murtozayev (9.Ibrohim G‘anixonov, 88), 15.Muhammadali Aliqulov, 17.Anvar Murodov (96.Ibrohim No‘monov, 82), 19.Islom Sharipov, 22.Nurjahon Muzaffarov, 28.Ergash Ismoilov, 37.Sherzod Fayziyev.
Zaxira: 35.Dostonbek To‘xtaboyev, 6.Javohir Abdualimov, 8.Sardor Abduraimov, 18.Dilshod Rahmatullayev, 34.Shahboz Jo‘rayev.

Ogohlantirishlar: Muhammadali Aliqulov 40, Mudasiru Salifu 52, Ibrohim No‘monov 86.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. "Andijon"da durang, "Mash’al" esa "Qo‘qon-1912"ni yirik hisobda mag‘lub etdi