date

Maykl Olise Yevropa yulduzlari orasida eng ko‘p golli vaziyat yaratdi

Maykl Olise Yevropa yulduzlari orasida eng ko‘p golli vaziyat yaratdi
Yevropa klublaridagi yosh va iqtidorli vingerlar orasida “Bavariya” safida to‘p tepayotgan Maykl Olise 2025 yilning eng ijodkor futbolchisi sifatida e’tirof etilmoqda. "Squawka" nashrining ma’lum qilishicha, u barcha musobaqalarda jami 25 ta golli vaziyat yaratib, bu borada Yevropa oliy ligalarida birinchi o‘rinni egalladi.

Ushbu ko‘rsatkich Olisening nafaqat individual mahorati, balki jamoa uchun qanchalik muhim shaxsga aylanganini ham ko‘rsatadi. Uning harakatlari jamoa hujumlarining markazida bo‘lib, har bir o‘yinda raqiblar darvozasiga jiddiy xavf tug‘dira oladi.

Kuchli uchlikka PSJ yosh vingeri Dezire Due va yaqinda “Manchester Siti”ga qo‘shilgan Rayan Sherki ham kirgan. Ularning har biri hisobida 19 tadan golli vaziyat bor. Bu ikki fransiyalik ham o‘z klublarining kelajagi sifatida qaralayotgan iqtidorlardandir.

E’tiborli jihati shundaki, kuchli beshlikka kirgan futbolchilardan to‘rt nafari Fransiyadan. Bu Fransiyadagi futbol akademiyalari va yoshlar tayyorlash tizimining yuqori darajada ekanini yana bir bor tasdiqlaydi. Ro‘yxatni PSJdan Bredli Barkola (17 imkoniyat) va "Barselona"da yorqin to‘p surayotgan Lamin Yamal (16 imkoniyat) yakunlab beradi.

Bunday natijalar Yevropa futbolida yangi avlod yulduzlarining qanchalik kuchli va ta’sirli ekanini yaqqol ko‘rsatmoqda. Maykl Olise esa bu toifada alohida ajralib turuvchi nomzod sifatida futbol jamoatchiligining diqqat markazida qolmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Maykl Olise Yevropa yulduzlari orasida eng ko‘p golli vaziyat yaratdi