date

Dani Sebalos “Real”ni tark etishi mumkin: klubda kelishmovchilik

Dani Sebalos “Real”ni tark etishi mumkin: klubda kelishmovchilik
“Real Madrid” klubida yozgi transferlar oynasi oldidan kutilmagan tarzda qizg‘in muhokamalar boshlandi. Jamoa markaziy yarim himoyachisi Dani Sebalos bosh murabbiy Xabi Alonso bilan munosabatlarda yuzaga kelgan kelishmovchilik sabab klubni tark etishi mumkin.

Manbalarning ma’lum qilishicha, 28 yoshli ispaniyalik futbolchi klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida “Al Hilol”ga qarshi muhim o‘yinda zaxirada qolganiga juda ranjidi. Aytish kerak, ushbu bahsda Sebalos asosiy tarkibda maydonga tushishga to‘liq tayyor bo‘lgan yagona sog‘lom futbolchi edi, ammo u butun o‘yinni zaxirada o‘tkazishga majbur bo‘ldi. Bu holat yarim himoyachining professional g‘ururiga qattiq ta’sir etdi va klubda o‘z o‘rni va kelajagi borasida jiddiy o‘ylashga majbur qildi.

Manbalar qayd etishicha, Xabi Alonso jamoaga bosh murabbiy sifatida kelganidan beri Dani Sebalosga katta ishonch bildirayotgani yo‘q. “Real” rahbariyati ham bu vaziyatni kuzatib, 28 yoshli futbolchiga katta istiqbol bog‘lamayapti. Shu bois, Sebalos o‘ziga yanada ko‘proq ishonch va o‘yin amaliyoti kerakligini inobatga olib, yozgi transfer oynasida jamoani tark etishga tayyor.

Sebalos o‘tgan mavsumda “Real” tarkibida barcha musobaqalarda 41 o‘yinda maydonga tushdi va jamoa uchun 2 ta golli pas muallifi bo‘ldi. Shunga qaramay, unga klubda to‘liq e’tibor qaratilmayotgani yoki asosiy tarkibda doimiy o‘yin amaliyoti berilayotgani yo‘q.

Futbolchining “Real” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, Dani Sebalosning bozor qiymati 10 million yevroni tashkil etadi. Ko‘plab yevropalik skautlar uning texnik salohiyati va o‘yinni nazorat qilish qobiliyatiga yuqori baho berishmoqda, shu bois agar futbolchi yozda jamoani tark etsa, u bilan qiziquvchilar yetarlicha bo‘ladi.

Dani Sebalos va “Real” o‘rtasida yuzaga kelgan kelishmovchilik, futbolchining asosiy tarkibdan chetda qolishi, uning kelajagiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Yozgi transferlar oynasida Sebalosning boshqa jamoaga o‘tishi ehtimoli ortgan. Muxlislar esa uning taqdiri qanday hal bo‘lishini kutmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Dani Sebalos “Real”ni tark etishi mumkin: klubda kelishmovchilik