date

“Andijon”da yangi transferlar kutilmoqda: Shatskix yana 3 ta transfer va’da qildi

“Andijon”da yangi transferlar kutilmoqda: Shatskix yana 3 ta transfer va’da qildi
“Andijon” – “Esxata” (4:2) o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvdan keyin andijonliklar bosh murabbiyi Maksim Shatskix klub matbuot xizmati savollariga javob qaytardi.

- Maksim Aleksandrovich, o‘yin haqida nima deya olasiz?
- Umuman olganda, yaxshi. Yig‘in davomida yigitlarga yaxshigina jismoniy yuklama bermoqdamiz. Shu sabab birinchi sparring raqib bilan o‘yin normal bo‘ldi. 45 daqiqadan ikkala taymda o‘ynagan futbolchilar berilgan ko‘rsatmalarimizni yaxshi bajarishdi.

- Uchrashuvda maydonda harakat qilgan yangi o‘yinchilarning harakatlaridan qoniqdingizmi?
- Bitta o‘yindan keyin fikr aytish qiyin. Hamma yangi o‘yinchilarimiz o‘zlarini ko‘rsatishga harakat qilishmoqda, o‘yinlaridan qoniqish hosil qildim.

- Selekiya borasida yana transferlar bo‘ladimi?
- Albatta, tarkibni kuchaytirishda davom etamiz. Bir qancha pozitsiyalarimizni kuchaytirish talab etmoqda. Transfer oynasi yopilguniga qadar 2-3 nafar yangi o‘yinchi olamiz.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Andijon”da yangi transferlar kutilmoqda: Shatskix yana 3 ta transfer va’da qildi