date

Sneyder: Muhammad Saloh zamonamizning eng buyuk yulduzi

Sneyder: Muhammad Saloh zamonamizning eng buyuk yulduzi
Futbol olamida o‘z o‘rni va obro‘siga ega mashhur niderlandiyalik futbolchi, “Inter” va Niderlandiya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Uesli Sneyder “Liverpul” hujumchisi Muhammad Salah haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Sneyder “winwin” nashriga bergan intervyusida Salahning faoliyatiga yuqori baho berdi: “Salah bir necha yildan beri eng yuqori darajada o‘ynab kelmoqda. Uning tezligi, texnikasi va statistikasi shubhasiz uni zamonaviy futbolning kuchli vakillaridan biri ekanini isbotlaydi. U zamonamizning eng yaxshi futbolchilaridan biri, hatto tarixdagi buyuk yulduzlar safidan ham o‘rin olishi mumkin”, — dedi Sneyder.
Muhammad Salah 2017-yildan beri Angliyaning “Liverpul” klubi sharafini himoya qilib kelmoqda. Shu vaqt davomida u 401 marta jamoa tarkibida maydonga tushib, 245 ta gol va 113 ta assist qayd etgan. Bunday natija nafaqat “Liverpul”, balki Yevropa futbolining so‘nggi o‘n yilligidagi eng yaxshi ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi.
33 yoshli hujumchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha amal qiladi. Bu vaqtgacha Muhammad Salah o‘z faoliyatida yana ko‘plab yutuqlar va rekordlarga erishishi mumkin. Tahlilchilar va mutaxassislar uni nafaqat “Liverpul”, balki jahon futbolining zamonaviy qahramonlaridan biri deb hisoblashadi.
Salah yoshlar orasida ham katta hurmatga ega. Uning harakati, kasbga bo‘lgan sadoqati va etakchilik fazilatlari ko‘plab yosh futbolchilar uchun ibrat namunasidir. Jamoa muxlislari ham har bir o‘yinda Salahdan yangi g‘alabalar va gollar kutishadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Sneyder: Muhammad Saloh zamonamizning eng buyuk yulduzi