date

Superliga. "Nasaf" voha derbisida "Surxon"ni mag‘lub etdi (video)

Superliga. "Nasaf" voha derbisida "Surxon"ni mag‘lub etdi (video)

Superliganing 20-turidan o‘rin olgan "Surxon" - "Nasaf" o‘rtasidagi bellashuvda ajdarlar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Mazkur to‘qnashuvdagi ikki golni ham Husayn Norchayev kiritdi (58 va 61). Shuningdek, o‘yinning 90+1-daqiqasida Rustam Turdimurodov hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi. Biroq, mazkur gol ham jamoasini mag‘lubiyatdan saqlab qola olmadi.

Superliga. 20-tur. 23 avgust
Surxon — Nasaf 1:2
Gollar: Turdimurodov 90+1 — Norchayev 58, 61 (dubl).

Surxon: 16. Dilshod Yo‘ldoshev, 2. Behruzjon Karimov (22. Javohir Jo‘rayev, 67), 4. Nodirxon Ne’matxonov, 6. Behzod Shamsiyev, 7. Dostonbek Tursunov ( 20. Sardorbek Mahmudov,81), 8. Humoyun Sherbo‘tayev (19. Muhammad Ali Abdurahmonov,81), 9. Muhsin Bozorov ( 77. Asadbek Karimov, 58), 10. Rustambek Turdimurodov, 24. Sherzod Komilov (18. Nodirbek Abduxoliqov, 58), 27. Asilbek Jumayev, 66. Behruz Shaydulov.

Nasaf: 35.Abduvohid Ne’matov, 2.Alibek Davronov, 5.G‘olib G‘aybullayev ( 10.Dragan Cheran,46), 7.Adenis Shala, 8.Zafarmurod Abdirahmatov, 14.Sharof Muhitdinov, 18.Husayn Norchayev (22.Igor Golban,84), 19.Stefan Cholovich (Suxrob Nurulloyev, 90), 24.Sardorbek Bahromov (Javohir Ubaydullayev, 90), 34.Sherzod Nasrullayev , 92.Umarbek Eshmurodov (s).

Ogohlantirishlar: Ne’matxonov 56, Yo‘ldoshev 90+5.

Bu g‘alabadan so‘ng «ajdarlar» 43 ochko to‘plagan holda turnir jadvalining 1-pog‘onasiga chiqib oldi. «Surxon» esa 23 ochko bilan 9-o‘rindan joy olgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. "Nasaf" voha derbisida "Surxon"ni mag‘lub etdi (video)