CAFA musobaqasi oldidan Turkmaniston milliy jamoasining tarkibi ma’lum qilindi. Terma jamoa bosh murabbiyi mazkur turnirda maydonga tushish uchun 24 nafar futbolchini chaqirgani e’lon qilindi.
Darvozabonlar — Muxammet Ovezov («Shag‘adam»), Rasul Chariyev («Arqadag‘»), Rustem Axalliyev («Arqadag‘»).
Himoya chizig‘ida esa Vepa Jumayev («Vitebsk», Belarus), Baxtiyar Kurgenov («Ahal»), Abdi Beshimov («Arqadag‘»), Ibraim Mammedov («Arqadag‘»), Berdimurat Rejepov («Arqadag‘»), Ixlas Toyjanov («Arqadag‘»), Guchmurat Annaguliyev («Arqadag‘») joy olgan.
Yarim himoyachilar ro‘yxatida Yazgilich Kurbanov («Arqadag‘»), Arzuvguli Saparguliyev («Arqadag‘»), Raxman Miratberdiyev («Altin Asir»), Mirza Beknazarov («Arqadag‘»), Velmirat Ballakov («Arqadag‘»), Kurban Annayev («Ahal»), Ixlas Saparmammedov («Arqadag‘»), Axmet Atayev («Arqadag‘») nomlari bor.
Hujum chizig‘i esa Mixail Titov («Ozgen»), Didar Durdiyev («Arqadag‘»), Shamammet Xidirov («Arqadag‘»), Shanazar Tirkishov («Arqadag‘»), Altimirat Annadurdiyev («Arqadag‘»), Begench Akmammedov («Arqadag‘»)dan shakllandi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur nufuzli musobaqa 29 avgust kuni Tojikistonda va 30 avgust kuni O‘zbekistonda start oladi hamda 8 sentyabrga qadar davom etadi.
Turkmaniston terma jamoasi «A» guruhida maydonga tushadi va Toshkentda O‘zbekiston, O‘mon hamda Qirg‘iz Respublikasi bilan kurash olib boradi.
Mutaxassislar fikricha, mazkur tarkib turnirda raqobatbardosh o‘yin ko‘rsatish uchun yetarli kuchga ega. Muxlislar esa terma jamoaning yangi tarixiy sahifalar yozishini kutmoqda.
Turkmaniston terma jamoasining CAFA uchun qaydnomasi e’lon qilindi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar