“Fenerbaxche” jamoasi mashhur murabbiy Joze Mourino rahbarligida Chempionlar ligasi pley-off bosqichidan o‘tishga harakat qildi, ammo “Benfika” bilan kechgan ikki uchrashuv natijalarida imkoniyatni boy berdi.
Ikki bahsning taqdiri turkiyalik futbolchi Akturko‘g‘lining 35-daqiqada kiritgan yagona goli bilan hal bo‘ldi. Birinchi uchrashuv 0:0 hisobida yakunlangan bo‘lsa, javob bellashuvida “Benfika” 1:0 hisobida g‘alaba qozondi va guruh bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Portugaliyalik murabbiy Mourino so‘nggi ikki mavsumda jamoasi bilan sakkizta saralash bahsini o‘tkazdi. 2024 yilda “Fenerbaxche” dastlab “Lugano”ni ikki marta (4:3, 2:1) mag‘lub etgan, ammo keyinchalik “Lill”ga (1:2, 1:1) imkoniyatni boy bergandi.
Joriy mavsumda esa turkiyaliklar avval “Feyenoord”ga birinchi o‘yinda 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lsa-da, javob bahsida 5:2 hisobida yirik g‘alaba qozondi. Ammo keyingi bosqichda “Benfika”ga qarshi imkoniyatsiz qoldi va Chempionlar ligasi orzusini amalga oshira olmadi.
Shuni ham eslatib o‘tish joizki, Joze Mourino oxirgi marta 2020 yilda Chempionlar ligasida ishtirok etgandi. O‘shanda u “Tottenxem”ni boshqarib, jamoa 1/8 finalda musobaqani tark etgan.
Chempionlar ligasi. So‘nggi saralash bosqichi
“Benfika” — “Fenerbaxche” 1:0
27 avgust, “Eshtadiu da Lush” stadioni
Gol: Akturko‘g‘li (35).
Benfika: Trubin, Dedich, Silva, Otamendi, Dal, Barrenechea, Rios, Eursnes, Barreyro, Akturko‘g‘li, Pavlidis.
Fenerbaxche: Livakovich, Myuldyur, Shkrinyar, Ostervolde, Amrabat, Fred, Semedu, Braun, Shimanski, Taleska, Nesiri.
Ogohlantirishlar: Amrabat (30), Laje (64), Barreyro (69), Taliska (79), Silva (85), Seyundjyu (87).
Muttaxassislar fikricha, “Fenerbaxche” uchun Yevropa Ligasi ham katta imkoniyatlar taqdim etadi. Muxlislar esa Mourinoning Yevropa sahnasida qanday natijalar ko‘rsatishini katta qiziqish bilan kutmoqda.
Mourino shogirdlari Chempionlar ligasiga yo‘l topa olmadi (video)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar