CAFA musobaqasiga yirik start: O‘zbekiston bugun maydonga tushadi

1 daqiqa o'qish13.7K
CAFA musobaqasiga yirik start: O‘zbekiston bugun maydonga tushadi
Bugun yurtimizda Markaziy Osiyo futbolining eng nufuzli musobaqalaridan biri — CAFA Nations Cup-2025 rasman boshlanmoqda. Barcha yuqori kayfiyatda, stadionlarda muxlislar intiqlik bilan kutgan bahslarga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.
Kunning ilk uchrashuvi Toshkentdagi “Jar” maydonida bo‘lib o‘tadi. Unda Qirg‘iz Respublikasi terma jamoasi Turkmaniston bilan to‘qnash keladi. Qiziqarli bahs soat 17:00 da start oladi. Har ikki jamoa ham turnirni g‘alaba bilan boshlash niyatida, shuning uchun kurash shiddatli kechishi kutilmoqda.
Kechgi dasturda esa barchaning diqqati yangi qurilgan “Olimpiya” arenasiga qaratiladi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi soat 19:30 da maydonga chiqib, O‘mon termasiga qarshi bahs olib boradi. Bu o‘yin mamlakatimiz muxlislari uchun alohida ahamiyatga ega, chunki terma jamoamiz musobaqani yuqori ruhda boshlashni maqsad qilgan.
Muttaxassislar ta’kidlashicha, CAFA turniri nafaqat mintaqaviy kuch sinovi, balki kelgusi Osiyo kubogi va Jahon chempionati yo‘lidagi muhim bosqich sifatida ham katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Muxlislar esa bugungi bahslarda terma jamoalar qanday o‘yin namoyish etishini katta qiziqish bilan kutmoqda.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?