Fransiya poytaxti Parijda tashkil etilgan “UFC Fight Night 258” turniri o‘z yakuniga yetdi. Qiziqarlisi, kechaning 13 ta jangidan 11 tasi muddatidan avval tugadi. Bu esa turnir muxlislar uchun hayratomuz va yuqori sur’atda kechganini anglatadi.
Prelim:
– Sem Hyuz 2-raundda sabmishn orqali Shona Bennonni yengdi;
– Rinat Fahretdinov 1-raundda Andreas Gustafssonni texnik nokautga uchratdi;
– Robert Brychek 3-raundda Bred Tavaresni texnik nokaut evaziga mag‘lub etdi;
– Sem Patterson 1-raundda Trey Uotersni texnik nokaut qildi;
– Kaue Fernandes 1-raundda texnik nokaut evaziga Garri Hardvikdan ustun keldi;
– Ante Deliya 1-raunddayoq Marchin Tyburani texnik nokautga uchratdi;
– Umar Si 1-raundda Brendson Ribeyroni yengdi;
Asosiy kard:
– Uilyam Gommis hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra Robert Ruxala ustidan g‘alaba qozondi;
– Aksel Sola 3-raundda Ris Makkini texnik nokaut qildi;
– Meyson Djons 2-raundda Bolaji Okini texnik nokaut bilan mag‘lub etdi;
– Modestas Bukauskas 1-raunddayoq Pol Kreyni taslim etdi;
– Nassurdin Imavov hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra Kayo Borralo ustidan g‘alaba qozondi.
Xulosa
Parijda o‘tgan bu turnirda nafaqat mahalliy muxlislar, balki butun dunyo UFC ixlosmandlari ham kuchli taassurot oldi. Janglarning aksariyati muddatidan avval yakunlangani oktagonda yuqori darajadagi raqobat va kuchli tayyorgarlik bo‘lganini ko‘rsatdi.
Bu g‘alabalar va mag‘lubiyatlar ba’zi sportchilar uchun yangi imkoniyat eshigini ochsa, ayrimlar uchun esa yanada jiddiy tayyorgarlik zarurligini namoyon etdi. Parijdagi “UFC Fight Night 258” turnirining asosiy xulosasi shu bo‘ldi: muxlislar hayajonli va serqonli kecha guvohi bo‘lishdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!