date

Ispaniyalik yuguruvchi poshnali tuflida jahon rekordini yangiladi

Ispaniyalik yuguruvchi poshnali tuflida jahon rekordini yangiladi

Ispaniyalik professional sportchi 100 metr masofani 16,55 soniyada poshnali tuflida bosib o‘tib, Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi.

Roberto Lopes Rodriges 7 santimetrli ko‘k poshnali tuflida orqaga yugurdi. U ko‘rinishini shu rangdagi paypoq va sport kiyimi bilan uyg‘unlashtirdi. Finish chizig‘idan o‘tgach, sportchi zudlik bilan oyoq kiyimini yechib, yengillik tuyg‘usini his qilganini aytdi.

Rodriges ko‘plab rekordlarga ega tajribali sportchi hisoblanadi. Bu gal u avvalgi natijasini ham yangiladi. Ilgari u 100 metrni poshnali tuflida 20 soniyada bosib o‘tgan edi. Shuningdek, uning boshqa yutuqlari qatorida 400 metrni eng tez yugurish (1 daqiqa 1,38 soniya) va shippakda 100 metrni 12,10 soniyada bosib o‘tish kabi rekordlar ham mavjud.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ispaniyalik yuguruvchi poshnali tuflida jahon rekordini yangiladi