Ertaga Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida dzyudo bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati rasman boshlanadi.
Qit’a miqyosidagi nufuzli musobaqada jami 21 ta mamlakatdan tashrif buyurgan 196 nafar yosh mahoratli dzyudochilar (ularning 111 nafari o‘g‘il bola, 85 nafari esa qizlar) 16 ta vazn toifasida medallar uchun tatamida kuch sinashadi.
Kecha o‘tkazilgan qur’a tashlash marosimida esa barcha ishtirokchilarning ilk raqiblari ma’lum bo‘ldi. O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi esa musobaqada to‘liq tarkib bilan qatnashishi muxlislar uchun quvonchli yangilik bo‘ldi.
Qur’a natijalariga ko‘ra, dzyudochilarimiz quyidagi raqiblarga qarshi bellashishadi:
O‘smirlar:
-50 kg: Muhammadqodir Shodmonov – Zagdzusem Purev (Mo‘g‘uliston)
-55 kg: Abubakir Sattorov – Battsooj Tsoojdorj (Mo‘g‘uliston)
-60 kg: Muhammadkarim Nosirov – Bayel Abdikasimov (Qirg‘iziston)/Aarush Dutta (Hindiston)
-66 kg: Sanjarbek Ashurov – Narmatbek Abdraimov (Qirg‘iziston)/Kim Seun Gi (Koreya Respublikasi)
-73 kg: Sa’dulla Ravshanov – Jahanshah Shahmardanuli (Qozog‘iston)
-73 kg: Daulet Turdiyarov – Sayhanbileg Davharbayar (Mo‘g‘uliston)/Pan Ngok (Vetnam)
-81 kg: Kamronbek Qodirov – Ulung Satria (Indoneziya)
-90 kg: Inomjon Bahodirov – Abdullah Aldayhani (Kuvayt)
-90 kg: Jo‘rabek Eshpo‘latov – Inouye Firdaus (Indoneziya)
+90 kg: Alibek Durdiyev – Rafayel Sijabat (Indoneziya)
Qizlar:
-40 kg: Mohinur Olloberganova – Nikita Nikita (Hindiston)
-40 kg: Dilafruz Boltaboyeva – to‘g‘ridan to‘g‘ri yarim finalda
-44 kg: Dinora Hasanova – Munira Manasbekova (Qirg‘iziston)
-48 kg: Nargiza Do‘stmamatova – Ayajan Rinat qizi (Qozog‘iston)/Izabel Sharan (Gonkong)
-52 kg: Nigina Umrzoqova – Kvan Chui Yi (Gonkong)/Park Su Xyun (Koreya Respublikasi)
-57 kg: Maftuna Ahmedova – Nazva Yulianti (Indoneziya)/Jini Chanambam (Hindiston)
-57 kg: Gulsanam Hazratova – Tan Ray (Singapur)
-63 kg: Zuhrajon Umarova – Anudari Enhtayvan (Mo‘g‘uliston)
-70 kg: Intizor Uzakbayeva – Adis Rayina (Indoneziya)
+70 kg: Zarina Bobonazarova – Li Chay Min (Koreya Respublikasi)/Rafa Kalistiya (Indoneziya)
Ma’lumot uchun, musobaqa davomida har bir vazn toifasida g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi. O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi esa milliy jamoa a’zolaridan yuqori natijalar kutayotganini qayd etdi.
Shu tariqa, Jakartadagi tatamilarda yurtimiz nomidan kurash olib boradigan o‘smirlarimiz qit’a birinchiligida o‘z mahoratlarini namoyish etishadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!