date

Rossiya kubogida qizil kartochkadan keyin yuz bergan noodatiy holat...

Rossiya kubogida qizil kartochkadan keyin yuz bergan noodatiy holat...

Rossiya kubogi guruh bosqichining to‘rtinchi turidan o‘rin olgan “Zenit” – “Axmat” uchrashuvida futbol muxlislari kutilmagan voqeaga guvoh bo‘lishdi.

Bellashuv oxirida, qo‘shib berilgan daqiqalarda “Axmat” himoyachisi Nodir Gandri raqib hujumchisi Andrey Mostovoyga nisbatan qo‘pol harakat qildi. Bosh hakam Rafael Shafeev bu holat uchun unga to‘g‘ridan to‘g‘ri qizil kartochka ko‘rsatdi. Tunislik futbolchi maydonni tark etish asnosida libosini tribunadagi muxlislardan biriga sovg‘a qilib berdi.

Biroq VAR orqali epizod qayta ko‘rib chiqilgandan keyin qaror o‘zgartirildi: qizil kartochka sariqqa almashtirildi. Natijada, hayratda qolgan muxlis Gandriga futbolkasini qayta topshirishga majbur bo‘ldi.

Qizig‘i shundaki, Nodir Gandri o‘yin davomida “Axmat”ning yagona goliga mualliflik qilgan edi. Ammo bahsli vaziyat va kartochka atrofidagi voqea bu bellashuvning eng yodda qolarli lahzasiga aylandi.

Rossiya kubogida shunday noodatiy holat muxlislar orasida ham katta muhokamaga sabab bo‘ldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Rossiya kubogida qizil kartochkadan keyin yuz bergan noodatiy holat...