date

«Nasaf» va «Al-Hilol» uchrashuvida libos ranglari kelishib olindi

«Nasaf» va «Al-Hilol» uchrashuvida libos ranglari kelishib olindi

Ertaga Elit Chempionlar ligasi 2-turidan o‘rin olgan «Nasaf» – «Al-Hilol» to‘qnashuvi bo‘lib o‘tadi. Qarshi shahrida tashkil etiladigan mazkur bellashuv oldidan ikki jamoa mutasaddilari o‘zaro uchrashuv o‘tkazishdi.

Mazkur mitingda asosiy e’tibor ertangi uchrashuvga oid tashkiliy masalalarga qaratildi. Jumladan, stadionga kirish tartibi, xavfsizlik masalalari va texnik jihatlardan tashqari, jamoalarning libos ranglari ham kelishib olindi.

Qarorga ko‘ra, mezbon «Nasaf» maydonga an’anaviy ravishda to‘liq qizil libosda tushadi. Saudiya Arabistonining grandi hisoblangan «Al-Hilol» esa butunlay ko‘k rangli formada harakat qiladi. Mutasaddilar bu qaror muxlislar uchun ham, o‘yinchilar uchun ham aniqlik yaratishini ta’kidlashdi.

Bellashuv oldidan ikki jamoa uchun barcha shart-sharoitlar tayyorlandi. Maxsus yig‘ilishda nafaqat libos masalasi, balki mediavositalar bilan ishlash va uchrashuvdan keyingi matbuot anjumani ham muhokama qilingani ma’lum qilindi.

Eslatib o‘tamiz, «Nasaf» – «Al-Hilol» bahsi 28-sentyabr kuni soat 18:45da start oladi. Mazkur to‘qnashuv nafaqat muxlislar, balki butun qit’a futbol jamoatchiligining ham e’tiborida bo‘ladi.

Qarshidagi uchrashuv ikki klub uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki guruh bosqichida har bir ochko qimmat, har bir g‘alaba keyingi bosqichga chiqish imkoniyatlarini kengaytirib beradi. Shuning uchun ertangi bellashuv juda keskin va shiddatli o‘tishi kutilyapti.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Nasaf» va «Al-Hilol» uchrashuvida libos ranglari kelishib olindi