date

U-23 Osiyo kubogi final bosqichiga qur’a tashlandi

U-23 Osiyo kubogi final bosqichiga qur’a tashlandi

2026-yilning 7–25-yanvar kunlari Saudiya Arabistoni mezbonlik qiladigan U-23 Osiyo kubogi final bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unga ko‘ra O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Koreya Respublikasi, Eron va Livan bilan "C" guruhidan joy oldi. Bu guruhda dastlabki ikki o‘rinni olgan jamoalar chorak finalda "D" guruhidagi ikkita jamoaga qarshi o‘ynaydi.

"A" guruhi: Saudiya Arabistoni, Vetnam, Iordaniya, Qirg‘iziston.

"B" guruhi: Yaponiya, Qatar, BAA, Suriya.

"C" guruhi: O‘zbekiston, Koreya Respublikasi, Eron, Livan.

"D" guruhi: Iroq, Avstraliya, Tailand, Xitoy.

O‘zbekistonning guruhdagi taqvimi:

1-tur O‘zbekiston - Livan

2-tur Eron - O‘zbekiston

3-tur O‘zbekiston - Koreya Respublikasi

Osiyo kubogi 2026-yilning 7–25-yanvar kunlari Saudiya Arabistonining Jidda va Ar Riyod shaharlaridagi ikkitadan stadionda bo‘lib o‘tadi. Ushbu musobaqa Olimpiadaga yo‘llanma bermaydi. Ushbu musobaqada Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston U-23 terma jamoasi ishtirok etadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » U-23 Osiyo kubogi final bosqichiga qur’a tashlandi