date

Golden Boy 2025 sovriniga da’vogar 25 futbolchi e’lon qilindi

Golden Boy 2025 sovriniga da’vogar 25 futbolchi e’lon qilindi

Yevropa futbolining eng nufuzli yoshlar mukofotlaridan biri — Golden Boy uchun nomzodlar ro‘yxati e’lon qilindi. Italiyaning Tuttosport nashri ma’lumotiga ko‘ra, so‘nggi saralash bosqichida 21 yoshgacha bo‘lgan 25 futbolchi qoldi. G‘olib noyabr oyida Yevropaning 50 ta yetakchi jurnalisti ovozlari asosida aniqlanadi.

Golden Boy mukofoti yilning eng yaxshi yosh futbolchisiga beriladi va har bir o‘yinchi uni faqat bir bor qo‘lga kiritish imkoniga ega. Bu yilgi ro‘yxatda Yevropa grand klublarining eng iqtidorli va yosh yulduzlari jamlangan.

Nomzodlar orasida “Real Madrid” va “PSJ” jamoalari yetakchi bo‘lib, har biri bir nechta futbolchi bilan ro‘yxatga kirgan. Quyida to‘liq nomzodlar ro‘yxati:

– Pau Kubarsi (“Barselona”)
– Dezire Due (“PSJ”)
– Din Heysen (“Real”)
– Kenan Yildiz (“Yuventus”)
– Maylz Lyuis-Skelli (“Arsenal”)
– Uorren Zair-Emeri (“PSJ”)
– Arda Guler (“Real”)
– Franko Mastantuono (“Real”)
– Itan Nvaneri (“Arsenal”)
– Yorrel Hato (“Chelsi”)
– Jeovani Kenda (“Sporting”)
– Estevao (“Chelsi”)
– Leni Yoro (“Manchester Yunayted”)
– Sanni Meyulyu (“PSJ”)
– Niko O’Rayli (“Manchester Siti”)
– Eliss Ben-Segir (“Bayer”)
– Viktor Froholdt (“Portu”)
– Lukas Bergvall (“Tottenhem”)
– Archi Grey (“Tottenhem”)
– Mamadu Sarr (“Strasburg”)
– Job Bellinghem (“Borussiya” Dortmund)
– Franchesko Pio Esposito (“Inter”)
– Rodrigo Mora (“Portu”)
– Jovani Leoni (“Liverpul”)
– Aleksandar Stankovich (“Bryugge”).

Bu yilgi ro‘yxat futbol olamining kelajak yulduzlarini jamlagan, ular orasida La Liga va APLda yorqin o‘yin ko‘rsatayotgan bir qator iste’dodlar bor.

Eslatib o‘tamiz, 2024 yilda bu mukofotni “Barselona”ning yosh vingeri Lamine Yamal qo‘lga kiritgan edi. Ushbu sovrin har bir futbolchiga faqat bir bor beriladi, shu sabab Golden Boy unvoni har doim yangi chempionga nasib etadi.

Bu yil esa jamoalar orasida “Real”, “PSJ” va “Arsenal” yulduzlari yetakchi hisoblanmoqda — g‘olib kim bo‘lishi noyabr oyida ma’lum bo‘ladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Golden Boy 2025 sovriniga da’vogar 25 futbolchi e’lon qilindi