
Napoli jamoasining hujumchisi Matteo Politano Chempionlar ligasi doirasida oʻtkaziladigan Frankfurtning Ayntraxt klubi bilan boʻladigan navbatdagi oʻyin oldidan oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi. Mazkur bahs joriy yilning 4-noyabr kuni Neapolda boʻlib oʻtadi.
"PSVga qarshi oʻyinda (2:6) magʻlubiyatga uchraganimizdan soʻng bu biz uchun oʻzimizni namoyon qilishga ajoyib imkoniyat. Ayntraxt — jismoniy jihatdan kuchli jamoa va ular bu oʻyinga ijobiy natija uchun kelishadi.
Biz esa yaxshi tiklanib, oʻyinni toʻgʻri yoʻnalishda boshlashimiz kerak," — dedi Politano. Chempionlar ligasining guruh bosqichidagi dastlabki uchta oʻyindan soʻng Antonio Konte shogirdlari uch ochko bilan 23-oʻrinda bormoqda.
Ayntraxt jamoasi ham uch ochko toʻplagan boʻlib, ular 22-oʻrinda joylashgan.
Politano: PSVga magʻlubiyatdan keyin oʻzimizni tiklash uchun imkoniyat bor
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar