date

Okan Burok: "Raqibga imkon qoldirmadik"


Turkiyaning "Galatasaroy" jamoasi bosh murabbiyi Okan Burok UEFA Chempionlar Ligasi 4-turida "Ayaks" ustidan 3:0 hisobida qoʻlga kiritilgan gʻalabadan soʻng matbuot anjumanida ishtirok etdi. Burok oʻz shogirdlarining oʻyinidan mamnun ekanligini bildirdi.

"Umuman olganda, yaxshi oʻyin koʻrsatdik va muhim gʻalabaga erishdik. Shu sababdan juda xursandman.

Birinchi boʻlimda toʻpga egalik qilishda ustun boʻldik, hatto ayrim vaziyatlarda toʻp bizda bir necha daqiqa davomida qoldi. Oʻsimhenda ikki yaxshi imkoniyat bor edi.

Agar erta gol urganimizda, oʻyin boshqacha tus olishi mumkin edi", – dedi murabbiy Manset Haber nashriga bergan intervyusida. Burok, shuningdek, taktik oʻzgarishlarning foydasini ham alohida taʼkidladi.

"Barish Yilmazni markazga koʻchirish orqali hujumda samaraliroq boʻldik va shundan keyin gol urdik. Raqibga koʻp imkoniyat bermadik, himoyada esa juda intizomli oʻynadik", – dedi u.

Gollandiya klubi turnirning eng yomon jamoasi sifatida qolmoqda va 36-oʻrinni egallab turibdi. Shuningdek, Portugaliyaning "Benfika" jamoasi ham hisobida 0 ochko bor.

"Galatasaroy" esa 9 ochko bilan 9-oʻrinda joylashgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Okan Burok: "Raqibga imkon qoldirmadik"