Keyn: Bu jamoa hech qachon taslim bo'lmaydi!

Keyn: Bu jamoa hech qachon taslim bo'lmaydi!
2025/2026 yilgi mavsumning dastlabki 16 o'yinida g'alaba qozongan "Bavariya" nihoyat to'xtatildi. Shanba kuni Vensan Kompani boshqaruvidagi jamoaning g'alabali seriyasini "Union Berlin" to'xtatdi (2:2 hisobidagi durang).

Ushbu o'yindan so'ng "Bavariya"ning yulduz hujumchisi Garri Keyn o'zining ijtimoiy tarmoq sahifasida fikr bildirdi. Aynan Keyn o'yin oxirida gol urib, jamoani mag'lubiyatdan qutqardi.

"Bu jamoa hech qachon taslim bo'lmaydi! Kutganimizdek g'alaba emas, ammo safardagi muhim bir ochko", - deb yozdi Keyn.

Bundesliga jadvalida "Bavariya" 10 turdan so'ng 28 ochko bilan ishonchli tarzda yetakchilik qilmoqda. Ikkinchi o'rindagi "RB Leyptsig" esa 6 ochkoga ortda qolmoqda.

Germaniya chempionatining navbatdagi turida "Bavariya" o'z maydonida "Frayburg"ni qabul qiladi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar