
17 yoshli braziliyalik hujumchi Dell "Manchester Yunayted" skautlarining diqqat markaziga tushdi. "Bayi" klubining futbolchisi birinchi jamoa safida atigi ikki uchrashuv oʻtkazgan boʻlsa-da, u yoshlar va oʻsmirlar darajasidagi oʻyinlari bilan mutaxassislarni hayratga soldi.
United In Focus nashrining maʼlumotiga koʻra, "qizil iblislar" vakillari ham futbolchini yaqindan kuzatmoqda. Braziliyada uni "braziliyalik Erling Xoland" deb atashadi.
"Manchester Yunayted"ning asosiy muammosi shundaki, "Bayi" aksiyalarining 90 foizi City Group kompaniyasiga tegishli. Shu sababli ushbu iqtidorli futbolchini qoʻlga kiritishda "Manchester Siti" favorit hisoblanmoqda.
Dellning toʻliq ismi Vendeson Vanderley Santos de Melo boʻlib, uning amaldagi shartnomasi 2028-yil oxirigacha amal qiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.