date

Xoland Mbappe va Keyndan ko'proq gol urdi

Xoland Mbappe va Keyndan ko'proq gol urdi
Manchester Siti hujumchisi Erling Xoland Norvegiya terma jamoasiga 21-asrda birinchi marta Jahon chempionatiga yo'llanma olishga yordam berdi. Norvegiya terma jamoasi yakshanba kuni rasman 2026-yilgi mundialga chiqdi.

Stole Solbakken boshchiligidagi jamoaga Italiyaga qarshi o'yinda 9 ta gol farqi bilan mag'lub bo'lmaslik kifoya edi, ammo ular bu o'yinda yirik g'alaba qozonib, 4:1 hisobida zafar quchdi. Xoland mazkur o'yinda dubl qayd etdi va uning 2025-yilda terma jamoa safida urgan gollari soni 17 taga yetdi.

StatMuse ma'lumotlariga ko'ra, yulduzli skandinaviyalik futbolchi ushbu natija bilan Fransiya va Angliya terma jamoalari safida mos ravishda 16 ta gol urgan Kilian Mbappe va Garri Keynni ortda qoldirdi. Shunga qaramay, Mbappe va Keynning ko'rsatkichlari ham yuqori baholanmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Xoland Mbappe va Keyndan ko'proq gol urdi