date

Real va Man Siti Germaniya futbolchisiga qiziqmoqda

Real va Man Siti Germaniya futbolchisiga qiziqmoqda
Ayntraxt klubining qanot himoyachisi Nataniyel Braun Madridning Real va Angliyaning Manchester Siti jamoalari radariga tushgan. Bu haqda SPORT BILD xabar bermoqda.

Maʼlumotlarga koʻra, 22 yoshli futbolchi joriy yilning oktabr oyida Germaniya terma jamoasi safida debyut qilgan va bu ikki yirik klub uning oʻyinlarini yaqindan kuzatmoqda. 2024 yilda Ayntraxt sport direktori Markus Kreshe Braunni Nyurnberg klubidan 3 million yevroga sotib olgan edi.

Hozirda esa klub futbolchining qiymatini 10 barobar oshgan deb hisoblamoqda. Joriy mavsumda Braun barcha musobaqalarda 15 ta oʻyinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Braunning Ayntraxt bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar davom etadi. Transfermarkt portali maʼlumotlariga koʻra, futbolchining hozirgi transfer qiymati 30 million yevroga baholanmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Real va Man Siti Germaniya futbolchisiga qiziqmoqda