date

Salah APLda eng ko'p to'p yo'qotganlardan biri


“Liverpul” hujumchisi Muhammad Salah Angliya Premer-ligasining 2025/26-yilgi mavsumida unchalik muvaffaqiyatli o‘yin ko‘rsatmayapti. Jamoa hujumining yetakchisi o‘zining odatdagi samaradorligi va driblingdagi ishonchli o‘yinini namoyish eta olmayapti.

WhoScored maʼlumotlariga ko‘ra, Salah joriy mavsumda to‘p yo‘qotishlar bo‘yicha ikkinchi o‘rinda (25 marta). Undan oldinda faqat “Tottenhem” vakili Muhammad Kudus (30 marta).

Undan keyingi o‘rinlarda esa “Aston Villa”dan Morgan Rodjers (23 marta), “Chelsi”dan Joao Pedro, “Everton”dan Iliman Ndiaye va “Brayton”dan Jorjinyo Ryutter (22 marta) joylashgan. Muhammad Salahning joriy mavsumda 11 o‘yinda 4 ta goli va 2 ta golli uzatmasi bor.

O‘tgan mavsumda 33 yoshli futbolchi 29 ta gol va 18 ta golli uzatma bilan APLning eng yaxshi to‘purari va assistenti bo‘lgan edi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Salah APLda eng ko'p to'p yo'qotganlardan biri