
2026-yilgi Jahon Chempionatining yana uch ishtirokchisi maʼlum boʻldi. KONKAKAF hududidagi uchinchi saralash bosqichi yakunlariga koʻra, Gaiti, Panama va Kyurasaoning milliy terma jamoalari mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.
Yakuniy turda gaiti terma jamoasi Nikaraguani 2:0 hisobida magʻlub etdi, Panama Salvadorni 3:0 hisobida yengdi, Kyurasaoning jamoasi esa Yamayka bilan 0:0 hisobida durang oʻynadi. Gaiti va Panama oʻz tarixida ikkinchi marta Jahon Chempionatida ishtirok etadi – ular avval 1974 va 2018-yillarda qatnashgan.
Kyurasaoning terma jamoasi esa ilk bor mundialning final bosqichiga yoʻl oldi. 2026-yilgi Jahon Chempionati AQSh, Kanada va Meksikada boʻlib oʻtadi.
Turnir oʻyinlari 11-iyundan 19-iyulgacha davom etadi. Musobaqada ilk bor 48 terma jamoa ishtirok etadi, ulardan 42 nafari allaqachon maʼlum boʻlgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.