Vatske: Tuxelni isteʼfoga chiqarish xato edi

Vatske: Tuxelni isteʼfoga chiqarish xato edi
Dortmundning "Borussiya" klubi bosh direktori Hans-Yoaxim Vatske 2017-yilda Tomas Tuxelni isteʼfoga chiqarish qarorini xato deb tan oldi. Bu haqda Sport Bild xabar bermoqda.

Tuxel "Borussiya" bilan Germaniya Kubogini qoʻlga kiritgan edi. Ammo klub avtobusi yaqinida yuz bergan portlashlardan keyin uning klub bilan munosabatlari yomonlashdi va u jamoani tark etdi.

Vatske bilan boʻlgan kelishmovchiliklar ushbu hodisaga va transfer masalalariga bogʻliq edi. "Orqaga qarab, oʻylaymanki, bu hujumlar boʻlmaganida shunday qaror qabul qilinmas edi.

Men bugun Tuxelni isteʼfoga chiqarmagan boʻlardim. Lekin oʻshanda bir-birimizga juda qattiq gʻazablangan edik", dedi Vatske.

Tuxel "Borussiya"ni tark etganidan soʻng "PSJ", "Chelsi" va "Bavariya" klublarini boshqardi, hozirda esa Angliyada faoliyat olib bormoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar