
“Inter” markaziy himoyachisi Manuel Akandji yaqinlashib kelayotgan Milan derbisidan nimalarni kutayotgani haqida gapirdi. “Inter” A Seriya doirasida 23-noyabr, yakshanba kuni “Milan”ga qarshi o‘yin o‘tkazadi.
“Derbini sabrsizlik bilan kutyapman, lekin ochig‘i, bunga ko‘p vaqt ajratolmadim, chunki milliy jamoaga e’tibor qaratgan edim. “Inter” safidagi ilk golim?
Ha, gol urish yaxshi bo‘lardi. Bu mening asosiy vazifam emas, lekin jamoaga shunday yordam berishdan xursand bo‘lardim.
Umid qilamanki, bu yaqin kunlarda sodir bo‘ladi, ehtimol hatto shu dam olish kunlari,” – dedi shveytsariyalik futbolchi SportMediasetga bergan intervyusida. Eslatib o‘tamiz, “Inter” Manuel Akandjini “Manchester Siti”dan ijaraga olgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.