date

Enzo Mareska: Disasi hali asosiy tarkibda emas


Chelsi himoyachisi Aksel Disasi joriy mavsumda hali asosiy tarkibda maydonga tushgani yoʻq. Ushbu vaziyat haqida jamoa bosh murabbiyi Enzo Mareska oʻz fikrini bildirdi.

"Men bir necha bor aytganman, Disasi va Sterling — Chelsi futbolchilari. Aksel hozirda ikkinchi jamoaga yordam bermoqda va yosh futbolchilarni qoʻllab-quvvatlamoqda.

Milliy jamoalar oʻyinlari vaqtida u asosiy tarkib bilan faqat bir marta mashgʻulot oʻtkazdi. Hozir esa u ikkinchi jamoaga yordam bermoqda va Chelsi futbolchisi sifatida faoliyatini davom ettirmoqda", — dedi Mareska juma kungi matbuot anjumanida.

Ayni damda Chelsi Angliya chempionati turnir jadvalida uchinchi oʻrinda bormoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Enzo Mareska: Disasi hali asosiy tarkibda emas