Xabi Alonso "Real"dan ketish haqida gapirdi

Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso jamoani tark etishi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi. "Jamoani tark etish haqidagi gap-soʻzlar?
Meni bu narsa tashvishga solmaydi. Hozir men uchun eng muhimi - oʻyinlarimiz va mashgʻulotlar davomida boʻlayotgan voqealardir.
Qolgan narsalar meni qiziqtirmaydi. Jamoa hozirgi holatdan norozi, ammo men ishonamanki, biz yanada kuchliroq boʻlamiz", - deya Alonso soʻzlarini keltiradi Madrid Universal.
Avvalroq matbuotda Alonso "Real"ni tark etib, faoliyatini "Liverpul"da davom ettirishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Ispaniyalik mutaxassis ushbu yozda "Real" bosh murabbiyligiga tayinlangan edi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing