Krauch: "Liverpul hujum ham, himoya ham qilmadi"

Sobiq taniqli futbolchi Piter Krauch Chempionlar Ligasi guruh bosqichining 5-turida "Liverpul"ning "PSV"ga qarshi o'yinda 1:4 hisobida yutqazishini izohladi. "Bu umuman ularga o'xshamadi.
Ular hujumga o'tmadi, himoyaga qaytmadi. Buning uchun Salohni ayblash mumkin, lekin menimcha, hozir "Liverpul"ning birorta futbolchisi yaxshi o'ynadim deb ayta olmaydi", – dedi Krauch Paddy Powerga bergan intervyusida.
So'nggi 12 o'yinda "Liverpul" barcha musobaqalarda atigi uchta g'alaba qozonib, to'qqizta o'yinda mag'lubiyatga uchradi. Chempionlar Ligasi turnir jadvalida "qizillar" 9 ochko bilan 13-o'rinni egallab turibdi.
Ertaga, 30-noyabr kuni, "Liverpul" APLning 13-turida safarda "Vest Xem"ga qarshi maydonga tushadi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Ular hujumga o'tmadi, himoyaga qaytmadi. Buning uchun Salohni ayblash mumkin, lekin menimcha, hozir "Liverpul"ning birorta futbolchisi yaxshi o'ynadim deb ayta olmaydi", – dedi Krauch Paddy Powerga bergan intervyusida.

Izohlar 0
…