date

Kremoneze murabbiyi: Vardi – chempion


A Seriyaning 13-tur soʻnggi oʻyinida "Kremoneze" safarda "Bolonya"ni kutilmagan va taʼsirli tarzda magʻlub etdi. "Kremoneze" bosh murabbiyi Davide Nikola veteran futbolchi Jeymi Vardining oʻyinini alohida taʼkidlab oʻtdi.

Vardi mazkur uchrashuvda ikkita gol urib, jamoasiga toʻliq uch ochkoni keltirdi. "Bu bizning jamoamiz uchun katta oʻyin boʻldi.

Natijadan tashqari, biz koʻplab imkoniyatlar yaratdik. Bu yerda 35 yil davomida gʻalaba qozonmagan edik.

Vardi bilan ishlash biz uchun katta sharaf. U haqiqiy chempion.

Bunday insonlar bilan ishlash odatda oson boʻladi", – dedi Nikola "derbyderbyderby.it" nashriga. "Kremoneze" chempionatning keyingi oʻyinida "Lechche"ga qarshi maydonga tushadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kremoneze murabbiyi: Vardi – chempion