Vyerining maydonga sogʻinchi

Vyerining maydonga sogʻinchi
Sobiq italiyalik hujumchi Kristian Vyeri maydonga bo'lgan sogʻinchini tan oldi. U futbol oʻynashga, hatto professional boʻlmasa ham, katta ishtiyoq sezayotganini aytdi.

Shu sababli, har safar stadionga kelib, boshqalarning oʻyinini kuzatganida, qalbida katta gʻam-gʻussa paydo boʻlishini maʼlum qildi. "Maydonni juda sogʻindim.

Har safar stadionga kelganimda, juda xafa boʻlaman. Hali ham koʻp energiyaga egaman, maydonga qaytishni xohlayman.

Bu haqda Totti bilan suhbatlashdik, u bunday mavzularda gaplashish uchun toʻgʻri insondek koʻrinadi", – dedi Kristian Vyeri La Repubblica nashriga bergan intervyusida. Eslatib oʻtamiz, Vyeri oʻz faoliyatini 2009 yilda yakunlagan edi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar