
Italiyalik sobiq hujumchi Kristian Vyeri oʻz yurtdosh jurnalistlariga murojaat qilib, Milan "Inter"ining yangi yulduzi Pio Esposito atrofida ortiqcha shov-shuv yaratmaslikni soʻradi. Unga koʻra, yosh futbolchi oʻzining faoliyatini toʻgʻri yoʻnalishda rivojlantirmoqda.
"Men uning holatini yaxshi tushunaman. Mening davrimda ham shunday boʻlgan – bir-ikki gol urasan va seni darhol buyuk futbolchilar bilan qiyoslay boshlashadi.
Bu mutlaqo foydasiz mashgʻulot. Muvaffaqiyatga erishish uchun yagona yoʻl bor – butunlay koʻngil berish, toʻgʻri mentalitet va jismoniy tayyorgarlik.
Menimcha, Pio toʻgʻri yoʻlda," – dedi Kristian Vyeri La Repubblica nashriga bergan intervyusida. Eslatib oʻtamiz, "Inter" Italiya chempionatining amaldagi vitse-chempioni hisoblanadi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.