date

Borussiya klubi rekordni takrorladi


Germaniya chempionati, ya'ni Bundesliganing o'n uchinchi turi uchrashuvlari boshlandi. Ushbu tur doirasida Myonxengladbaxning "Borussiya" klubi safarda "Mayns" jamoasiga qarshi bahs olib bordi va minimal hisobda gʻalaba qozondi.

Uchrashuvdagi yagona gol 58-daqiqada Danniy da Kostaning oʻz darvozasiga toʻp yoʻllashi ortidan kiritildi. Shu tariqa, "Borussiya" safar oʻyinlaridagi ketma-ket uchinchi gʻalabasini qoʻlga kiritdi.

Avvalroq ular "Sankt-Pauli"ni 4:0 va "Haydenhaym"ni 3:0 hisobida magʻlub etishgan edi. Qizigʻi, barcha gʻalabalar "quruq hisob" bilan qoʻlga kiritilgan.

Ushbu natija "Borussiya" uchun tarixiy ahamiyatga ega, chunki klub bu boradagi oʻz rekordini takrorladi. Mazkur natija avvaliga bundan roppa-rosa 40 yil oldin, ya'ni 1985-yilda qayd etilgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Borussiya klubi rekordni takrorladi