Inter Zommer bilan kelajakni hal qilmagan

Inter Zommer bilan kelajakni hal qilmagan
Milanning "Inter" klubi darvozaboni Yann Zommerning kelajagi hozircha noaniq. Bu haqda taniqli insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.

Manba ma'lumotlariga ko'ra, "Inter" 36 yoshli shveysariyalik futbolchi bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralar olib bormayotgan ekan. Shuni ta'kidlash kerakki, Zommerning klub bilan amaldagi shartnomasi 2026-yil yozida yakunlanadi.

Yann Zommer "Inter" safida 2023-yilning avgust oyidan beri to'p surmoqda. Joriy mavsum davomida u barcha musobaqalarda jami 17 o'yinda maydonga tushdi, 15 ta gol o'tkazib yubordi va 9 uchrashuvda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Transfermarkt internet portali ma'lumotlariga ko'ra, Zommerning transfer qiymati 4 million yevroga teng.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar