Seriya Ada daniyaliklar 70 yildan keyin gol urdi

Seriya Ada daniyaliklar 70 yildan keyin gol urdi
Italiya chempionatining 14-turida "Latsio" va "Bolonya" jamoalari o'zaro kuch sinashdi. Har ikki jamoa bir martadan gol urdi, qizig'i shundaki, har ikkala gol ham daniyalik futbolchilar tomonidan kiritildi.

"Latsio" safida Gustav Isaksen hisobni ochdi, ammo bir necha daqiqadan so'ng, "Bolonya"dan Yens Odgor tablodagi muvozanatni tikladi. Bu kabi holat Seriya Ada oxirgi marta bundan roppa-rosa 70 yil avval, ya'ni 1955-yil 8-mayda kuzatilgan edi.

O'shanda "Latsio" uchun Jon Xansen, "Milan" uchun esa Yorgen Sorensen gol urgan edi. Kelgusi turda "Latsio" safarda "Parma"ga qarshi maydonga tushadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar