
Angliya Premer-ligasining 23-turiga kelib Joze Mourino boshchilik qilayotgan «Manchester Yunayted» klubi futbolchilari yana bir bor ochko yo‘qotdi. Bu esa klubga dastlabki to‘rtlikda borayotgan jamoalarga yaqinlashib olish imkonini bermadi, deb yozadi «Daryo» nashri.
Liganing xavfli pog‘onasida borayotgan «Xall Siti»ni qabul qilgan «Yunayted» 0:0 hisobiga imzo chekdi. O‘tgan hafta «yo‘lbarslar» o‘z uyida «Yunayted»ni mag‘lub etib, «qizil iblislar»ning mag‘lubiyatsiz davom etib kelayotgan seriyasini yakunlab qo‘ygandi. Endi esa «Xall» «Old Trafford»dan 1 ochko ishlab qaytdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar