date

Djenoa safarda Udinezeni magʻlub etdi


A Seriyaning 14-turida "Udineze" va "Djenoa" jamoalari oʻzaro ochiq futbol namoyish qilishdi. Uchrashuvning 9-daqiqasida Yakub Pyotrovskiy himoyachiga zarba berdi, biroq Kinan Devis toʻpni ofsayddan darvozaga yoʻlladi.

34-daqiqada Lorenzo Kolombo jarima maydonida qoʻpol toʻxtatildi va "Djenoa" foydasiga penalti belgilandi. Ruslan Malinovskiy 11 metrlik zarbani aniq amalga oshirib, hisobni ochdi – 0:1.

Ikkinchi boʻlim oʻrtalarida Rui Modestu Yakub Pyotrovskiyga golli pas uzatib, hisobni tenglashtirishga yordam berdi – 1:1. Biroq 83-daqiqada mehmonlar gʻalabani oʻz tomonlariga ogʻdirdi.

Bruk Norton-Kaffi chiroyli kombinatsiyani muvaffaqiyatli yakunlab, "Djenoa"ga gʻalaba keltirdi – 1:2. Ketma-ket ikkinchi gʻalabasini qoʻlga kiritgan "Djenoa" quyi ligaga tushib ketish zonasidan uzoqlashib, 13-oʻrinni egalladi.

"Udineze" esa 11-oʻrinda qoldi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Djenoa safarda Udinezeni magʻlub etdi