Zapata: "Adolatsiz natija"

Zapata: "Adolatsiz natija"
A Seriya 14-turining soʻnggi uchrashuvida "Torino" oʻz maydonida "Milan"ga 2:3 hisobida magʻlub boʻldi. Turin klubi hujumchisi Duvan Zapata uchrashuv natijasidan qoniqmagani va uni adolatsiz deb hisoblashini aytib oʻtdi.

"Shaxsan men qarama-qarshi hislarni boshdan kechirdim. Bir tomondan, uzoq vaqtgacha gol ura olmagan edim, boshqa tomondan esa yutqazdik.

2:0 hisobida oldinda edik, bu kabi ustunlikni boy berish ayniqsa ogʻriqli boʻldi. Bu adolatsiz natija.

Ammo ijobiy jihatlarga ham eʼtibor qaratish lozim: biz musobaqa jadvalida peshqadam boʻlgan klubga qarshi yaxshi oʻyin koʻrsatdik", – dedi Zapata pianetamilan.it nashriga bergan intervyusida. Eslatib oʻtamiz, Zapata oʻyinning 17-daqiqasida jamoasi uchun ikkinchi gol muallifi boʻldi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar