Montolivo Allegri haqida yuqori fikr bildirdi

Montolivo Allegri haqida yuqori fikr bildirdi
Italiyaning "Milan" klubi sobiq futbolchisi va sardori Rikardo Montolivo Massimiliano Allegri boshchiligidagi jamoaning hozirgi muvaffaqiyatlarini izohladi. "Allegri juda yaxshi murabbiy, bu "Torino"ga qarshi o‘yinda ham yaqqol ko‘rinib turdi.

U o‘zgarishlar kiritib, o‘yinning xarakterini darhol o‘zgartirdi va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etdi. Shuningdek, menga uning hattoki ishlar yaxshi ketmayotgan paytda ham xotirjamligini saqlashi juda yoqadi", – deydi Montolivo pianetamilan.it nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, "Torino" ustidan qozonilgan g‘alaba "Milan"ga Italiyaning A Seriyasi turnir jadvalida yetakchilikni qaytarib olish imkonini berdi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar