date

Bernardu Silva: ’Yutasan yoki ketasan, bu haqiqat’

Bernardu Silva: ’Yutasan yoki ketasan, bu haqiqat’

"Manchester Siti" yarim himoyachisi Bernardu Silva jamoaning mukofotlar uchun kurashi haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

"Mukofotlar – bu bizning asosiy maqsadimiz. Bu juda muhim, chunki bizning klubimizda g‘alabaga erishmaslik qabul qilinmaydi. Agar yutmasangiz, klub qarorlar qabul qiladi va bu mehnatning bir qismi hisoblanadi.

Yutasan yoki ketasan – bu haqiqat. Agar "Manchester Siti" safida o‘ynashni xohlasangiz, yutishingiz kerak.

Agar yutmasangiz, bu yerda o‘ynashga loyiq emasligingizni anglatadi. Shuning uchun biz doim bosim ostidamiz, lekin bu yaxshi bosim va biz uni qabul qilamiz", – dedi Silva BBC Sportga.

"Manchester Siti" navbatdagi uchrashuvini 14-dekabr kuni safarda "Kristal Pelas"ga qarshi o‘tkazadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Bernardu Silva: ’Yutasan yoki ketasan, bu haqiqat’