Simone Tiribokki: Allegri o‘yinlarni mukammal o‘qiydi

Simone Tiribokki: Allegri o‘yinlarni mukammal o‘qiydi
Italiyaning "Kyyevo", "Atalanta" va "Vichensa" kabi klublarida o‘ynagan sobiq futbolchi Simone Tiribokki Massimiliano Allegri ishini yuqori baholadi. U Allegri o‘yinlarni tahlil qilishda juda kuchli ekanini ta’kidladi.

"Allegri tanlovi rahbariyatning muvaffaqiyatni qaytarishga bo‘lgan qaroridir. O‘tgan yili tarkib yaxshi edi, lekin kuchli murabbiy yo‘q edi.

Hozir esa Allegri bor. U o‘yinlarni o‘qishda mukammaldir", - dedi Tiribokki pianetamilan.it saytiga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Allegri boshqaruvidagi "Milan" ayni paytda Italiya chempionati turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar